Belarus Respublikasi universitetlari bilan hamkorlik

2021 yiln 4-mart kuni, Samarqand Davlat Universitetiga Belarus Respublikasining ta’lim vaziri Igor Karpenko, tashqi ishlar bo’yicha boshliq o’rinbosari Viktor Dеnisenko, vazirlikning xalqaro xamkorlik boshqarmasi konsultanti Andrey Krasutskiy va Belarus Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi vakili Sergey Xizovlar tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Samarqand Davlat Universiteti rektori Xalmuradov R.I. va mehmonlar o’rtasida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy xamkorlik, shu jumladan Belarus Milliy texnika universiteti, Belarus davlat axborot texnologiyalari va radioelektronika universiteti, Grodno shahridagi Yanka Kupala nomidagi davlat universiteti, Baranovichi davlat pedagogika universiteti, Baranovichi davlat universiteti va SamDU o’rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatildi.
Uchrashuv natijasida innovatsion xarakterdagi o'quv-uslubiy adabiyotlarni birgalikda ishlab chiqish, turli formatdagi forumlarni o'tkazish, shuningdek, kichik elektron qurilmalar va uskunalarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va keng miqyosda ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun STARTAPlar yaratish; va magistrlarimiz va aspirantlarimizni Belarus Respublikasining yetakchi universitetlariga: elektronika, axborot texnologiyalari, mexanika, biotexnologiya, raqamli tibbiyot, dasturiy ta'minot, chet tillar, sotsiologiya, ijtimoiy ish mutaxassisliklari bo'yicha jo'natish rejalashtirilgan.

