SamDU talabasi "Yosh kitobxon" Respublika tanlovining Samarqand shahar bosqichida g'olib bo'ldi

Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ularni adabiyot olamiga qiziqtirish maqsadida an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan "Yosh kitobxon" Respublika tanlovining Samarqand shahar bosqichi bo'lib oʻtdi.
Quvonarlisi shundaki, ushbu bosqichda 20-30 yosh toifasida ishtirok etgan Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Chamangul Saydazzamova ham gʻoliblar safidan oʻrin oldi. Oʻzbek va jahon adabiyotining nodir namunalari asosida oʻtkazilgan bellashuvlarda oʻzining kitobsevarligini isbotlagan Chamangul yakunda 2-o'rinni egalladi.
Abdulvahob Maxammatov — Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi

