Universitet xotin-qizlari o’rtasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sportning voleybol, yengil atletika hamda badminton turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.

  Musobaqalarda universitetning barcha fakultetlaridan professor-o’qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

  Musobaqa qizg’in bahs-munozaralarga boy tarzda o’tdi.

  Murosasiz o’tgan bahslar natijasiga ko’ra voleybol sport turi bo’yicha 1-o’rinni tarix fakulteti jamoasi, 2-o’rinni fizika fakulteti jamoasi, 3-o’rinni biologiya fakulteti jamoasi egalladi. Yengil atletika sport turi bo’yicha 1-o’ringa san’atshunoslik, biologiya hamda fizika fakultetlari, 2-o’ringa pedagogika, biologiya, fizika, maktabgacha ta’lim fakultetlari, 3-o’ringa esa geografiya va ekologiya, fizika, biologiya fakultetlari munosib deb topildi. Sportning badminton turi bo’yicha 1-o’rin biologiya fakulteti, 2-o’rin fizika fakulteti, 3-o’rin pedagogika fakulteti jamoalariga nasib etdi.

  G’oliblarga universitet boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.