SamDU qoshidagi “Xorijiy mamlakatlar tarixini tadqiq qilish markazi”da 2021 yil 11 mart kuni “XIX - XXI asr xalqaro munosabatlar tizimida Yevropadagi kichik davlatlarning roli va ahamiyati” mavzusida seminar bo’lib o’tdi

2021 yilning 11 martida SamDU Tarix fakulteti qoshidagi “Xorijiy mamlakatlar tarixini tadqiq qilish markazi” faoliyati doirasida ilk ma’ruza eshitildi.
Ma’lumki, joriy yilning 23 fevralida SamDU Tarix fakulteti qoshida “Xorijiy mamlakatlar tarixini tadqiq qilish markazi” o’z faoliyatini boshlagan edi. Ushbu markaz xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat yuritayotgan professor – o’qituvchilar va ilmiy xodimlarni hamkorlikka chorlash, ularning o’z ma’ruzalari bilan chiqishlarini tashkillashtirish, ilmiy- tadqiqot ishlarini rivojlantirish, malaka oshirish ishlarini yo’lga qo’yish singari vazifalarni bajarishi ko’zda tutilgan.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, 11 martda Tarix fakulteti talabalari, magistrlari va professor-o’qituvchilari uchun Rossiya FA “Umumiy tarix” instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor A.S. Namazova “XIX - XXI asr xalqaro munosabatlar tizimida Yevropadagi kichik davlatlarning roli va ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Markaz tomonidan bunday ma’ruzalarni har hafta tashkillashtirish belgilab olindi.


