Islohotlar amalda (Kiev va Samarqand universitetlari hamkorligi)

Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy universiteti fizika-matematika fanlari doktori, professor Irina Yurevna Doroshenko tomonidan Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti optika kafedrasi doktorantlari, magistrantlari va talabalar uchun mart oyi boshidan buyon har hafta chorshanba kuni ma’ruza o‘qilmoqda.
Birinchi masofaviy ma’ruzani optika kafedrasi mudiri prof.A.Jumabaev kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni Samarqand davlat universiteti va Kiev Milliy universitetlarini do‘stona ilmiy aloqalari hamda I.Doroshenkoning ilmiy faoliyati bilan tanishtirdi.

I.Doroshenko o‘zining ma’ruzasida molekulyar kinetik nazariya nuqtai nazaridan modda oqimi uchun, impuls oqimi uchun va issiqlik oqimi uchun molekulalarning o‘lchamini baholash to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Maruza bahs va munozaralarga boy bo‘lib, maruza jarayoniga Qarshi davlat universiteti magistrlari, universitetimizda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor-o‘qituvchilar va boshqa shu sohaga qiziquvchilar qatnashishdi.


