Joriy yilning 29-yanvar kuni Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari bilan viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan bildirilgan takliflar o‘rganildi.

  “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” rasmiyatchilikdan xoli, o‘zaro samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Boshqarma boshlig’i yoshlarning muammolari bilan qiziqdi, takliflarini tingladi va yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.