O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan berilgan tavsiyanoma asosida imtiyozli ravishda Samarqand davlat universitetiga o‘qishga qabul qilingan talaba -yoshlar orasidan "Xavfsiz hudud posbonlari" tashkil etildi.

Bu aynan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etildi va belgilangan jadval asosida fakultetlar kesimida shakllantirilmoqda.

Buni tashkil etishdan asosiy maqsad: talaba -yoshlar orasida, shahrimiz, universitet, yotoqxonalarda turli xil huquqbuzarliklarni, jinoyatlarni oldini olish, talabalar xavfsizligini saqlashdan iborat

  Yetakchi talabalarning talab va takliflarini o'rganib, ular bilan ochiq muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, fakultet yetakchilari ham talabalar bilan davra suhbatlari tashkil etdilar.

Otabek Sagdullayev — Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi