2021 yilning 13 martida SamDU Biologiya fakultetida onlayn tarzda Germaniyaning Marburg universiteti katta ilmiy xodimi PhD. Sharof Xudoyberdiyev ishtirokida “Molekulyar va hujayra biologiyasining zamonaviy metodlari” nomli ochiq vebinarda ma’ruzasi tashkil etildi.

  Ushbu vebinarda Biologiya fakulteti professor-o’qituvchilari va magistrant talabalri ishtirok etdi. Mazkur vebinarda zamonaviy tadqiqot metodlarini maqsadli rivojlantirish, metodika tamondan fikr almashinishdi. Vebinar davomida hozirda qo’llanilayotgan zamonaviy metodlar va ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan ma’ruza va savol-javoblar bo’lib o’tdi.

  Ma’ruza so’ngida kelajakdagi rejalar va vibinar hamda ochiq muloqotli darslar o’tish haqida kelishib olindi.