SamDU qoshida tashkil etilgan "Xorijiy mamlakatlar tarixini tadqiq qilish markazi" faoliyati doirasida talabalar, magistrantlar va barcha ilmiy xodimlar uchun chet ellik mutaxassislarning Jahon tarixining dolzarb masalalariga bag’ishlangan onlayn seminar bo’lib o’tdi.

  2021 yil 18 mart kuni universitet tarix fakulteti qoshidagi markazda Rossiya FA "Umumiy tarix" institutining bosh ilmiy hodimi, doktori, prof. A.S.Namazovaning "Belgiya-Yevropa chorrahasidagi mamlakat: tarixi, siyosati, madaniyati, odamlari" mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

  Semenarda tarix fakultetining bakalavriat yo’nalishi 2-3 bosqich rus tili guruhi talabalari va Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetining ilmiy xodimlari, magistrant va bakavriat talabalari ishtirok etdi.

  Ushbu seminarga Navoiy, Buxoro, Qarshi va Termiz davlat universitetlaridan qiziqish bildirgan ishtirokchilar ma’ruzadan so’ng o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.