SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASIGA G’ALABA MUBORAK

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joriy yilning 1-5-fevral kunlari “Universiada -2020” sport musobaqalarining kurash turi bo’yicha respublika final bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu sport musobaqada Samarqand davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan Samarqand viloyati terma jamoasi faxirli II-o’rinni qo’lga kiritishdilar. Universitet jamoasi sportchi talabalarimizning erishishgan yutuqlari bilan muborakbot etib sportchilarimizga keyingi sport musobaqalarida ham yuqori natijalarga erishishlarida omadlar tilaydi.


