SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING NAVOIYSHUNOSLIK MAKTABI...
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to’g’risida” gi Qarorida, shoir ijodini yoshlar o’rtasida targ’ib qilish, asarlarning mukammal ilmiy nashrlarini yaratish vazifasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda taniqli navoiyshunos olimlar zimmasiga yuklatilgan edi. Bu borada Samarqand davlat universitetida ham bir qator ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga sazovordir.