Joriy yilning 24-mart kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida Samarqand viloyati IIB hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Hadis ilmi maktabi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Samarqand viloyati IIB Yuridik ta’minlash bo’limi boshlig’i mayor M. Kattaqulov, viloyat IIB yuridik ta’minlash bo’limi yetakchi yuriskonsulti katta leytenant X.Sog’dullayev, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili kapitan O.Shakarov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Hadis ilmi maktabi “Islom ilmlari” kafedrasi katta o’qituvchisi X.Jo’raboyev, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Aymatov, Fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchi va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  Hozirgi kunda internet terrorchilar uchun yangi a’zolarni aniqlash, yoshlar ongini zaharlash va o’z tashkilotiga tayyorlash, terrorchilik harakatlarini amalga oshirish va o’z maqsadlarini ommalashtirish bosh qurolga aylandi. Zo’ravonlikka tayangan diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yosh avlodni buzg’unchi g’oyalar, diniy ekstremizm va terrorizm ta’sirlaridan himoyalash bo’yicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy-profilaktik vositalarni yanada takomillashtirishni taqozo qilayotganini e’tirof etdi.

  Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, inson o’zligini anglashi, dahldorligini bilishi atrof muhitdagi voqyeliklarga befarq bo’lmasdan, dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o’rganishi va bilishi, doimo izlanishda bo’lsa albatta "Jaholatga qarshi ma’rifat” kurasha oladi.