Kimyo fakulteti Materialshunoslik yo‘nalishi 212 guruh talabasi Odilova Sevara karantin paytida uyda bo‘sh vaqt ko‘pligidan zerikib, sinfdosh o‘rtoqlaridan hunar o‘rganishga kirishdi. Bir yarim oyda munchoq yasashni o‘rganib oldi. Ijodini yaqinlariga narsa yasab berishdan boshladi. Yaqinlarining yaqinlaridan kelgan taklif esa qo‘shni viloyatdan edi. Ilk sotilgan mahsulotdan olingan yaxshigina foydadan so‘ng Sevaraning oilasi bu yangilikdan xabar topadi. Uning maqsadi oilasidan ko‘p pul so‘ramaslik. U o‘qishini birinchi o‘ringa qo’yadi. U bu hunari ortidan topilayotgan mablag‘lar uning olti miliondan ortiqroq shartnoma pulini to‘lay oladi. Oylik daromati esa o’rtacha uch milion. U yutug‘ini yasagan mahsulotlaridan odamlar foydalanayotganda ko‘radi.