Samarqand Davlat universiteti «Universiada – 2020» sport o’yinlarining g’oliblari qatorida

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Universiada – 2020” sport musobaqalarining umumjamoa hisobida g’olib va sovrindori bo’lgan hududiy terma jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo’lib o’tdi..
«Universiada – 2020» sport musobaqalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil “O’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 864-son qaroriga asosan 12 ta sport (badminton, basketbol, voleybol, gandbol, futbol, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat, shashka, kurash, belbog’li kurash, dzyudo) turi bo’yicha baxslashdilar.Yakuniy natjalarga ko’ra Samarqand viloyat jamoasi faxrli III-o’rinni egallab “Prezident sovg’asi” bilan taqdirlandilar Qo’lga kiritilgan ushbu yuto’qda Samarqand davlat universitetidan 97 nafar sportchi talaba va 24 nafar mo’rabbiy ishtirok etishdi.
“Universiada – 2020” sport musobaqalari yakuniga ko’ra umumjamoa hisobida:
1-o’rin: Toshkent viloyati;
2-o’rin: Qoraqalpog’iston Respublikasi;
3-o’rin: Samarqand viloyati talaba yoshlariga nasib etdi.
“Universiada-2020” sport o’yinlarining g’olib va sovrindorlari Tashkiliy qo’mita tomonidan “Prezident sovg’asi” bilan taqdirlandilar