21-sentyabr - Samarqand davlat universiteti kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Bugun Samarqand davlat universiteti kuni munosabati bilan erta tongdan nufuzli mehmonlar, jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar sharafiga viloyat hokimi tomonidan dasturxon yozildi.
Ushbu tadbirda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, nutq so‘zladi:
- Samarqand davlat universiteti O‘zbekistonning eng ulug‘ dargohlaridan hisoblanadi. Ulug‘ligi shundaki, bu turkiy xalqlar tarixida muhim o‘rin tutgan universitet. Ikkinchidan, bu dargohda O‘zbekistonimizning mustaqilligi, Vatanimizning har taraflama ijtimoiy, iqtisodiy yoki siyosiy jihatdan rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, Samarqand davlat universiteti jamiyatning rivojlanishiga, ziyoli qatlamlarning vujudga kelishiga ulkan, munosib hissa qo‘shgan tabarruk maskan hisoblanadi.
Mazkur universitetda nafaqat o‘qish, balki, dars berish baxt deb o‘ylayman.
Universitet talabalarini, domlalarini bugungi Samarqand davlat universiteti kuni bilan tabriklayman!
Shundan so‘ng, viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovga esdalik sovg‘alari topshirdi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.




















Otabek Sa’dullaev,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

