“Jaholatga qarshi ma’rifat”

Joriy yilning 5 aprel kuni Samarqand Davlat universiteti pedagogika fakulteti majlislar zalida Samarqand viloyati IIB hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Hadis ilmi maktabi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Samarqand viloyati IIJQB o’ta muhim ishlar bo’yicha tezkor vakili podpolkovnik A.Haydarov, Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi F.Mamatqulov, Faqih Abu Lays masjidi imom-xatibi A.Murodov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Hadis ilmi maktabi o’qituvchisi Z.Begmatov, Samarqand viloyati OITS markazi shifokori M.Burxonov, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.Aymatov, fakultetlar dekanlari, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchi va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Hozirgi kunda internet terrorchilar uchun yangi a’zolarni aniqlash, yoshlar ongini zaharlash va o’z tashkilotiga tayyorlash, terrorchilik harakatlarini amalga oshirish va o’z maqsadlarini ommalashtirish bosh qurolga aylandi. Zo’ravonlikka tayangan diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yosh avlodni buzg’unchi g’oyalar, diniy ekstremizm va terrorizm ta’sirlaridan himoyalash bo’yicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy-profilaktik vositalarni yanada takomillashtirishni taqozo qilayotganini e’tirof etdi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, inson o’zligini anglashi, dahldorligini bilishi atrof muhitdagi voqyeliklarga befarq bo’lmasdan, dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o’rganishi va bilishi, doimo izlanishda bo’lsa albatta "Jaholatga qarshi ma’rifat” kurasha oladi.