Samarqand davlat universitetida “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo’yicha” 2021-yil davomida musobaqalarni o’tkazish kalendar rejasining 10-bandida belgilangan Fakultetlararo ananaviy 73-Talabalar Spartakiadasining Qo’l to’pi (qizlar) sport turi bo’yicha musobaqalarini o’tkazish bilgilangan 5-8 aprel kunlari bo’lib o’tgan Qo’l to’pi musobaqasida 9 jamoa g’oliblik uchun maydonda bahslashdilar.Keskin va murosasiz o’tgan musoboqada yakunida Pedagogika fakultet jamoasi birinchi o’rinni egalladi .

  Musoboqa natijalarga kura:

1- o’rinni Pedagogika fakulteti jamoasi;

2- o’rinni Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi;

3-o’rinni Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi egalladi.