“Ekologiya va tabiatdan foydalanishning dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy amaliy koferensiya

2021 yilning 22-24 aprel kunlari Samarqand davlat universitetida Samarqand davlat universiteti, Rossiya Xalqlar do’stligi universiteti V.I.Vernadskiy nomli Ekologik fond, A. D. Saxarov nomli xalqaro Ekologiya instituti, Belorussiya davlat universiteti, Litva Buyuk Vitovta universiteti, Al-Farobiy nomli Qozog’iston milliy universiteti va Qozog’iston ta’lim va fan vazirligi Zoologiya instituti bilan hamkorlikda “Ekologiya va tabiatdan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
Anjuman ishida Moskva davlat universitetidan b.f.d. professor N.T. Ulanova, V.I. Vernadskiy nomli ekologik fond bosh direktori O.V.Plyaminova, Samarqand davlat universitetidan b.f.d. professor Z.I.Izzatullayev va boshqalar ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Xalqaro anjumanda Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Zarafshon milliy tabiat bog’i va O’zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat va Samarqand shahar kengashi xodimlari ham ishtirok etishdi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda populyasiyalar ekologiyasi, amaliy ekologiya, bioxilma-xillikni saqlash, ekologik xavfsizlik va oziq-ovqat sifati, ekologik ta’lim-tarbiya, barqaror taraqqiyot masalalari olimlar va ishlab chiqarish mutaxassislari tomonidan muhokama qilindi. Ilmiy-amaliy xalqaro anjumanda kelgusida atmosferaning ifloslanishi, chuchuk suv muammosi, tabiatda o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammolarini hamkorlikda o’rganish, tadqiqotlar olib borish, kadrlar tayyorlash, darslik, monografiya va maqolalar nashr etish kabi masalalarni amalga oshirish bo’yicha kelishib olindi.



