Fizika fakultetida SamDU professor-o’qituvchilari, doktorantlari, ilmiy tadqiqotchilari, magistrantlari va talabalarining 2020-yildagi tadqiqot ishlari yakunlari bo’yicha an’anaviy LXVI ilmiy konferensiyasi bo’lib o’tdi. 22-28 aprel kunlari fakultetda konferensiya dasturi bo’yicha talabalar, magistrantlar va professor-o’qituvchilar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar sho’balari bo’yicha ma’ruzalar tinglandi. Ilmiy konferensiyaning yalpi ochilish majlisida fakultet dekani dos. A.Absanov kirish so’zi bilan konferensiyani ochib berdi va fakultetda 2020 yil yakunlari bo’yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalariga va kelgusida ilmiy ishlarni yanada rivojlantirishda qilinishi kerak bo’lgan masalalarga to’xtalib o’tdi. Konferensiya ochilishida prof.O.Quvondiqov va prof.R.Ibadovlar o’z ilmiy ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Shundan so’ng konferensiya “Nazariy fizika va kvant elektronika”, “Optika”, “Umumiy fizika”, “Yadro fizikasi va astronomiya” va “Qattiq jismlar fizikasi” sho’balarida davom etdi. Ushbu sho’balarda professor-o’qituvchilari, doktorantlari va ilmiy tadqiqotchilar 2020 yilda erishgan ilmiy natijalari bo’yicha ma’ruzalar qildilar.