O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi.

- Filialda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;

- Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, Amir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;

- Kelgusi yillarda Filial uchun qo‘shimcha o‘quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;

- Samarqand viloyati hokimligi Filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor-o‘qituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan ta`minlaydi.