Samarqand davlat universitetiga

“Sho‘rtan gaz -kimyo majmuasi” MChJ labaratoriya jihozlari olishi uchun mablag‘ ajratdi

  Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda faqat xushxabarlar, yaxshiliklar, ezguliklar, savob va xayrli amallar haqida eshitayapmiz. Yangiliklar to‘lqini bir lahza bo‘lsin pasaygani yo‘q.

   Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti hamda “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJ o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu - o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqod hamda masalalarini o‘z ichiga oladi.

   “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJ faoliyatiga zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joriy qilish, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosida xalq xo‘jaligi uchun muhim kimyoviy moddalar olish texnologiyalarini yaratish borasida hamkorlikdagi bir qator ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

   Mustqallik bayrami arafasida “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJ homiylik mablag‘lari hisobidan Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetida faoliyat ko‘rsatayotgan katalizator ilmiy laboratoriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, rivojlantirish, zamonaviy asbob-uskunalar hamda kimyoviy reagentlar olish uchun 400 million so‘m mablag‘ ajratildi.

   Bugungi kunda Samarqand davlat universiteti katalizator laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Normurod Fayzullayev rahbarligida tabiiy gaz hamda u asosida olingan mahsulotlardan foydalanib, import o‘rnini bosuvchi, yuqori texnologik kimyoviy mahsulotlar olish borasida bir qator ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Hamkorlik shartnomasi asosida “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJ bazalaridan foydalangan holda talabalar, magistrantlar hamda tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqdalar.

  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish korxonalardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida ilmiy asoslangan holda bartaraf etish, oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi talab va takliflari amalda ijobat bo‘lmoqda...

Noryigit MUSULMONOV

Samarqand davlat universiteti

kimyo fakulteti dekani, dotsent.