29-aprelda Samarqand davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Horijiy mamlakatlar tarixini o‘rganish markazi” faoliyati doirasida tarix fakulteti va xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabalariga Germaniyaning Gyottingen universiteti professori Eva Ortmanning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruza “Hindistonda Boburiylar hukmronligi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda professor Hindistonda nafaqat boburiylar hukmronligi, balki ungacha bo‘lgan davrdagi musulmon davlatlari tarixiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Ma’ruzaning ushbu davlatlarga oid xaritalar, turli sulolar davrida zarb etilgan tangalar va o‘sha davrga oid qo‘lyozmalardan olingan miniatyuralar orqali tushuntirilishi talabalarga o‘rta asrlardagi Hindiston haqida atroflicha ma’lumot olishga imkon berdi.