21-31-may kunlari Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi Og‘abek Nafasov -55 kg vazn toifasida 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu jahon chempionatida yana bir jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Hojiakbar Olimov -81 kg vazn toifasida 3-o'rinni egalladi.

Shuningdek, Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida para dzyudo bo'yicha Tokio-2021 yozgi Paralimpiya o'yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi xalqaro Gran-Pri musobaqasida Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabasi ayollar o'rtasida -57 kg vazn toifasida Parvina Samandarova kumush medalni qo‘lga kiritdi.