Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti raqamli iqtisodiyot va iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari Madina Davlatova boshchiligida nazariy olgan bilimlarini amaliyotda ko‘rish va zarur ko‘nikmalar olish maqsadida Samarqand shahrida joylashgan “Afrosiyob Jeans” tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodda bo‘ldilar.

Zavoddagi ish jarayonini ko‘zdan kechirish mobaynida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib malakali mutaxassislardan ijobiy javoblar oldilar. Tashrif davomida talabalar bevosita o‘zlari ham texnika va asbob uskunalarni ishlatib ko‘rgan bo‘lsa, ayrim talabalar o‘zining tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga joy mavjudligini va ishni dastlab nimadan boshlash kerakligini yetakchi mutaxassislardan so‘rab, bilib oldilar. Talabalar zavoddagi shart-sharoitlar bilan tanishish mobaynida ko‘plab amaliy bilimlarni ham egalladilar. Bunday tashriflar ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qilib, talabalarni darslarni puxta o‘rganishlariga zamin yaratadi.