Samarqand davlat universiteti talabasi Osiyo chempioni bo'ldi

Sportning boks turi bo'yicha Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi Sitora Turdibekova (-57 kg) finalda qozog‘istonlik Vladislava Kuxtaga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi hamda musobaqaning oltin medaliga sazovor bo'ldi.

Shuningdek, jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi Navbahor Hamidova ham ushbu musobaqada -69 kg vazn toifasida 2-o'rinni egalladi.


Talabalarimizni tabriklaymiz va keyingi faoliyatida zafarlar tilab qolamiz!

