Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan bir qator faol, iqtidorli yoshlar taqdirlandi.
Talabalarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarni SamDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zebiniso Rahmonova hamda Allayor Norboyevlar topshirdi.
Jamiyatimizning asosiy kuchini yoshlar tashkil etadi, - deydi matematika fakulteti talabasi Oybek Mamatqulov. – O‘zbekistonda yoshlar bayrami davom etmoqda. Universitetimizda ham ushbu bayram shukuhi kezib yuribdi. Albatta, yoshlarga beriladigan eng katta motivatsiya bu e’tibordir.

Behruz SHAMSIDDINOV,
SamDU Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.