Buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiy" xalqaro jurnalining 2-soni e’lon qilindi.
Jurnal Samarqand davlat universiteti professori, o'zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Ibodulla Mirzayev bosh muharrirligi hamda Tadqiqot.uz sayti hamkorligida tashkil qilindi. Ushbu jurnal navoiyshunoslikning dolzarb muammolarini jahon miqyosida tadqiq etishga xizmat qiladi.