Diqqat: Samarqand viloyati hokimi stipendiyasi sohibi Nigora Mardiyeva

Nigora Mardiyeva Samarqand davlat universiteti pedagogika nazariyasi va tarixi ta’lim yo‘nalishi magistranti. U “Bo‘lajak matematika o‘qituvchilarini ma’naviy tarbiyalashda integrativ yondashuv” mavzusida magistrlik dessertatsiya himoya qildi. Ilmiy rahbari pedagogika fanlari doktori, professor Narziqul Shodiyev.
Mazkur tadqiqotda bo‘lajak matematika o‘qituvchilarini ma’naviy tarbiyalashning imkoniyatlari, shakl va metodlari, integrativ yondashuvdan foydalanish orqali talabalarda milliy g‘urur, milliy ongni shakllantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqotda Ulug‘bek oliy madrasasi - Samarqand davlat universiteti olimlarining ilmiy merosidan foydalanilgan.
Nigora Mardiyevaning 20 ga yaqin ilmiy maqolalari chop etilgan. U 2018-2019 o‘quv yilida Prezident stipendiyasi, 2021-yilda Samarqand viloyati hokimi stipendiyasi sohibi bo‘lgan.
Behruz SHAMSIDDINOV,
SamDU Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar