2019-2020-o‘quv yilida SamDU xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti Germaniyaning Kiyol universiteti va Fransiyaning EPF “Graduate school of engineering” bilan imzolangan 1+1 qo‘shma dastur doirasidagi kelishuviga asosan Axborot va multimediya texnologiyalari (qo‘llanilish sohalari bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha 7 nafar talaba magistraturaga qabul qilingan edi.

Magistrantlar 1 yil Samarqand davlat universitetida tahsil olgan bo‘lsa, 1 yil Fransiyaning EPF Graduate school of engineering mutaxassislari tomonidan o‘qitildi. Bugun ular 2 yillik dasturni yakunladi va hamkor oliy ta’lim muassasasi sertifikatlariga ega bo‘ldi.

Suratda sertifikat olganlardan biri Munis Hamidov

Samarqand davlat universtiteti Axborot xizmati

Shavkat AKRAMOV olgan surat.