O‘zbek-xitoy vaksinasini oldim. Salbiy ta’sirini sezganim yo‘q...

Butun insoniyat koronavirus balosiga qarshi kurashmoqda. Prezidentimiz xalqimizni bu ofatdan saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Lekin ming afsuski, dunyoning rivojlangan davlatlari ham koronavirusni to‘liq bartarf etolgani yo‘q. Prezidentimiz xalqimizni o‘ylab, chet eldan koronavirusga qarshi vaksina keltirib, bepul emlanishi uchun harakat qilmoqda.
Men o‘zbek-xitoy vaksinasini oldim. Salbiy ta’sirini sezganim yo‘q. Butun Samarqandliklarga, universitetimiz jamoasiga, xalqimizga murojaat qilmoqchiman. Sog‘ligingizga bee’tibor bo‘lmang. Oila a’zolaringizni salomatligiga xavf solmang. Koronavirusdan himoyalanishning yagona yo‘li bu – vaksina olish.
Xalqimizga tavsiya qilinayotgan vaksinalar JSST, xalqaro ekspertlar tomonidan sinovdan o‘tkazilgan.
Befarqlikka, beparvolikka, loqaydlikka o‘rin yo‘q. Avvalo, salomatligi har bir insonning o‘zi uchun muhim va qadrli bo‘lishi kerak.
Samarqand davlat universiteti jamoasi uchun ham vaksinatsiyalash bo‘lib o‘tadi. Hammangizni o‘zingiz va oilangiz salomatligi uchun vaksina olishga chaqiraman.
Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori,
Oliy Majlis Senati a’zosi, professor

