Samarqand davlat universitetida vaksinatsiyalash jarayonlari boshlandi

Bugun Samarqand davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar uchun vaksinatsiyalash jarayonlari boshlandi.
Vaksinatsiya jarayoni uch bosqichda bo‘lib, universitet jamoasi hozirda birinchi bosqichda emlanmoqda.
- O‘zbek-xitoy vaksinasi (ZF-UZ-2001) ni qabul qilish koronavirusdan himoyalanishning eng ma’qul yo‘li. O‘zimizni va oila a’zolarimizni xavfga qo‘ymaslik uchun ham vaksina olish muhimdir, - deydi viloyat 1-son oilaviy poliklinikasi shifokori Murodjon Qayumov.



Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar

