“Samarqand davlat universiteti talabasi ekanligimdan faxrlanaman”

Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi Muxlisa Jalilovaning 10 dan ortiq ilmiy maqola, tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlar to‘plamlarida va jurnallarda chop etilgan. “Language features of Usmon Azim poetry” nomli maqolasi Hindistonning “Some comments on Uzbek folk proverbs”, “A’zam O‘ktam ijodi badiyati” nomli maqolasi “AJMR: Asian Journal of Multideminsional Research Journal” jurnallarida bosilgan.
Muxlisa Jalilova Samarqand davlat universitetida o‘tkaziladigan talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyalarida muntazam ishtirok etadi. “A’zam O‘ktam ijodi badiyati” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada, “Navoiy - zamon va xalqlarni birlashtiruvchi buyuk daho” mavzusidagi, Qirg‘izistonda o‘tkazilgan xalqaro forumda “Tilimizni mumtozlik darajasiga ko‘targan siymo” nomli ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Muxlisa Jalilova “Asqad Muxtorning poetik mahorati”, “O‘zbekiston olimlari va yoshlarining innovasion ilmiy-amaliy tadqiqotlari”, “O‘zbek shevalari tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya va yangicha yondashuv”, “O‘zbek tili uslubiyatining dolzarb masalalari” mavzularida ham ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
Muxlisa Jalilovaning she’rlari Respublika yosh ijodkorlarining “Hilol” nomli to‘plamidan joy olgan. Bugungi kungacha o‘ndan ortiq maqolalari gazeta va jurnallarda bosilgan. “AQSH da o‘zbek maktabi” nomli maqolasi nafaqat respublikamiz balki, Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan ham munosib e’tirof etilgan.
–Bugungi kunda “A’zam O‘ktam ijodining til xususiyatlari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman,- deydi Muxlisa Jalilova. – Ilmiy rahbarim Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, dosent Shavkat Mahmadiyev hamda SamDU o‘qituvchisi Dinara Islomovaga minnatdorlik bildiraman. Samarqand davlat universiteti talabasi ekanligimdan faxrlanaman.
Behruz SHAMSIDDINOV,
SamDU Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan surat

