Samarqand davlat universiteti: iste’dodli yoshlar mamlakat umidi, millat tayanchi...

Xurshida Rahmonova yigirmaga yaqin xalqaro va respublika konferensiyalarida ishtirok etgan. Ilmiy maqolalari xorijiy jurnallarda chop etilgan. Rossiyaning “Молодой учённий”, “Интернаука” jurnallarida “Alisher Navoiy merosi”, “O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosati”, AQSH ning “IJEAIS” jurnalida "Mirzo Ulug‘bek akademiyasi faoliyati" nomli maqolalari e’lon qilingan .
Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Xurshida Rahmonova o‘zining takliflarini bildirgan. Mamlakatimiz rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mazkur tashabbuslar ijrosi doirasida dastlabki loyihalar amalga oshirilmoqda.
Xurshida Rahmonova 200 ga yaqin diplom hamda sertifikatlar, shuningdek, O‘zbek xalqaro huquq assosiasiyasi tavsiyanomasini qo‘lga kiritgan.
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston faol yoshlar uyushmasi nodavlat tashkiloti, “Shinon med” xalqaro kompaniyasi, “ RYS Global ” yoshlar nodavlat tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan ilk o‘zbek tilidagi omma oldida nutq so‘zlash musobaqasida ishtirok etib to‘rtta sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi va My5 telekanali hamkorligida o‘tkazilgan “Yoshlar ilm-fan uchun” kreativ roliklar tanovida qatnashib “faol ishtiroki uchun” nominasiyasini qo‘lga kiritgan.
Samarqand davlat uiversiteti talabasi Xurshida Rahmonova 2020 yil “Yil talabasi” Respublika tanlovining OTM bosqichida “Yilning eng faol tashabbuskor targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.
Behruz SHAMSIDDINOV,
SamDU Axborot xizmati xodimi.

