Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Bugun Samarqand davlat universiteti faollar zalida yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyatda, shijoat bilan boshlash yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zebiniso Rahmonova yangi o‘quv yili talabalarimiz uchun noan’anaviy, yangiliklarga boy tarzda boshlanishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, o‘quv yilining dastlabki kuni “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi Mustaqillik darslari bo‘lishi e’lon qilindi.
Otabek Sa’dullayev,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.