Samarqand davlat universitetining 40 nafar professor-o‘qituvchilari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Nishonlar viloyat, shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan insonlarga topshirildi.

Samarqand davlat universiteti dotsenti, marhum Ziyodullo Normurodovning esdalik nishoni oila a’zolariga taqdim etildi.

Azamat Pardayev, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni sohibi, filologiya fanlari doktori, professor:

- Mustaqillik oliy ne’mat. Uning 30 yilligi juda katta tarixiy voqeadir. Xalqimizga ozod yashash huquqini bergan istiqlolimiz abadiy bo‘lsin. Adabiyot hamma zamonlarda ham ozodlik jarchisi bo‘lgan. Millatni birlashtirgan. Bugungi kunlarimiz qadri juda baland. Tinchligimizni, barqarorligimizni, hamjihatligimizni, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘iday asraylik...

Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda. Universitetimizda ham ko‘tarinki kayfiyat, bayram shukuhi hukm surmoqda. Mustaqilligimizning 30 yilligi barchangizga muborak bo‘lsin!

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universitet
Axborot xizmati xodimi

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar