Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi Davlat Bobonov - "Tokio-2020" Olimpiadaning bronza medali sohibi!

"Tokio-2020" Olimpiadasida ishtirok etgan Samarqand davlat universiteti Davlat Bobonov bronza medali uchun turkiyalik Maykl Zgankka qarshi kurashdi va yakunda g‘alaba qozondi.
Bobonov birinchi bosqichda Italiya terma jamoasi a’zosi Nikolas Mungaini, ikkinchi bosqichda ukrainalik Kedjau Nabalini mag‘lubiyatga uchratdi.
Chorak finalda gruziyalik Lasha Bekauri bilan kuch sinashib, imkoniyatni boy berdi. Shundan so‘ng dzyudochimiz bronza medaliga o‘tish bahsi uchun ikki karra jahon chempioni bo‘lgan ispaniyalik Nikoloz Sherazadishviliga qarshi tatamiga chiqib, g‘alaba qozondi.
- Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi "Tokio-2020" Olimpiadasi bronza medali sohibi Davlat Bobonov bilan haqli ravishda faxrlanamiz, - deydi SamDU jismoniy madaniyat fakultet dekani Bahodir Qipchoqov. - Butun jamoamiz Davlatning barcha chiqishlarini hayajon ila kuzatib bordi. Davlat oxirigacha kurashdi. Bu ham bir mahorat, matonat, vatanparvarlikning yuksak namunasidir. Davlatning ushbu jahonshumul g‘alabasi mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg‘adir.
Otabek SA’DULLAYEV,
SamDU Axborot xizmati xodimi

