Shahzod Xudayberdiyevning ”Tuxumga ixtisoslashgan tovuq zotlarining mahsuldorligi va ularning qum iste’mol qilishining ba’zi fiziologik parametrlarga ta’siri”, ”Qum tarkibidagi ozuqaning turli tovuq zotlari mahsuldorligiga ta’siri”, ”Yashash sharoiti yaxshilanishining tovuqlarning ayrim fiziologik ko‘rsatkichlariga ta’siri” kabi ilmiy tadqiqotlari “International Engineering Journal For Reseach and Development” (Hindiston) , “Vestnik nauki” (Rossiya), “Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences” (oriens) kabi xalqaro jurnallarda e’lon qilingan.

Shahzod Xudayberdiyev ayni paytda Samarqand davlat universiteti dotsenti Yunus Ro‘ziyev ilmiy rahbarligida tovuqlar boqiladigan sharoitni yaxshilashning ayrim fiziologik ko‘rsatkichlarga, mahsuldorlikka ta’sirini o‘rganmoqda.

Behruz SHAMSIDDINOV,
SamDU Axborot xizmati xodimi

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar