Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirni institut direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi, professor Akram Begmatov ochdi. Yangi o‘quv yili yagni institut, yangi tizim bilan boshlanayotganini alohida ta’kidladi.
Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning talabalarga yo‘llagan tabrigini universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ahmadjon Soliyev o‘qib eshittirdi.
So‘ngra badiiy chiqishlarga navbat berilib, tadbir yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Ozoda Jumanova, Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 1-bosqich magistranti:
- Bugun yangi institutimizning birinchi o‘qish kuni. Barchamizda hayajon bor. Chunki birinchi bor oliy pedagogik ta’limda biz Finlandiya tajribasini qo‘llayapmiz. Bu, ayniqsa, biz talabalar uchun juda qiziqarli bo‘ladi. Endi biz jahon standartlariga moslasha boshlaymiz. Yelkamizga ulkan mas’uliyat yuklandi. Ishonamanki, biz albatta bu ishonchni oqlaymiz. Bizning hozirgi vazifamiz o‘qish, o‘qish va yana o‘qishdir.










Otabek Sa’dullaev
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar

