Samarqand davlat universiteti talabasi, "Tokio-2020" Paralimpiya o'yinlari kumush medali sohibi Parvina Samandarovaga munosib sovg'alar topshirildi

Universitetimizning Sport faoliyati va san'at fakulteti talabasi Parvina Samandarova "Tokio-2020" Paralimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etib, para-dzyudo bo'yicha kumush medalni qo'lga kiritdi. Kecha, 6-sentyabr kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida paralimpiadachilarimizni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
Parvina Samandarova 100 ming AQSH dollari, 2 xonali uy va Traverse avtomobilini O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovdan qabul qilib oldi.
Parvina Samandarova, biz siz bilan faxrlanamiz!
To'liq videoni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin - https://t.me/samduuz/3445
Otabek Sa'dullayev
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi

