Samarqand davlat universiteti ushbu o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shakliga 2 550 nafar birinchi bosqich talabalarini qabul qildi. O‘quv yilining dastlabki haftasi universitetni tanishtirish jarayonlari bilan boshlandi.

Bugun kimyo fakulteti talabalari uchun universitetimiz kutubxonalari, Axborot xizmati, ilmiy laboratoriya xonalari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, muzeylar, qulay sharoitga ega oshxona va yotoqxonalar tanishtirildi.

Otabek Sa’dullayev,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar