Samarqand davlat universitetining Sport faoliyati va san’at fakulteti talabalari jahon va respublika chempionatlarida faxrli o‘rinlarni egalladi.

Sportning shashka turi bo‘yicha Bolgariya davlatining Kranevo shahrida para-sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida universitetimizning sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi Ravshanov Abbosjon faxrli birinchi o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 4 bosqich talabasi Asqarbek Avganov Belarusda bo‘lib o‘tgan Belarus Prezidenti kubogida ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’ruf Ahmadov – sport faoliyati va san’at fakulteti ikkinchi bosqich talabasi, dzyudo bo‘yicha 3 karra O‘zbekiston chempioni. U kuni kecha poytaxtimizda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri kubogida 66 kg vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, kubog sohibi bo‘ldi.

Biz siz bilan faxrlanamiz!

Otabek Sa’dullayev,
Samarqand davlat universiteti
Axborot ximati xodimi