Universitetimizning matematika fakulteti 2-bosqich talabasi Fayzullo Mardiyev Bolgariya davlatida para-sportchilar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida vatanimiz sha'nini munosib himoya qilib faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Universitetimiz yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zebiniso Rahmonova va Yoshlar ittifoqi tomonidan chempion munosib kutib olindi va esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma'lumot uchun, Fayzullo Mardiyev bugungacha ikki kara Jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, o'n karra O'zbekiston chempioni bo'lgan.

Fayzullo Mardiyev biz siz bilan faxrlanamiz!

Otabek Sa’dullayev,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar