O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni XVI Paralimpiya o'yinlari ishtirokchilari bilan uchrashdi. Unda sportchi va murabbiylarga yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Xususan, Samarqand davlat universiteti talabasi, “Tokio-2020” Paralimpiya o'yinlari kumush medali sohibi Parvina Samandarova “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Parvina Samandarova bugungacha Jahon kubogi (O‘zbekiston), Osiyo va Okeaniya chempionati (Qozog‘iston), Toshkent IBSA Judo Gran-pri musobaqalarida 1-o‘rin (O‘zbekiston), III Paraosiyo o‘yinlarida (Indoneziya), Jahon chempionati (Portugaliya), IBSA Judo Gran-pri turnirlarida (Ozarbayjon) bronza medali, IBSA Judo Gran-pri musobaqasida (Ozarbayjon) 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Otabek Sa’dullayev,
Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi