Biz Samarqand davlat universitetining talabalari ekanligimizdan faxrlanamiz. 21-sentabr ilk bora Samarqand davlat universiteti kuni sifatida nishonlanmoqda. Bu esa o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni, g‘ururimizni oshiradi. Men Prezidentimiz Shavkat Mirziyyoev bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lganman. Samarqand davlat universiteti talabasi ekanligimni aytganimda Prezidentimizning o‘zlari universitetimizga alohida urg‘u bergan edilar. Aynan shuning o‘zi universitetimiz yurtboshimizning e’tirofida ekanligini anglatadi. Hozirgi kunda ilk bora universitet kunining nishonlanishi biz talabalarga kuch-g‘ayrat bag‘ishlamoqda.

Gulchehra Beshimova
Samarqand davlat universiteti

yuridik fakulteti talabasi