TABRIKNOMA!

Men Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilganman. Ko‘p yillar oilam bilan Samarqand viloyatida yashadim, tahsil oldim. 2019-yil Samarqand davlat universitetida endigina tashkil topgan xalqaro ta’lim dasturlari (2+2) fakultetiga o‘qishga qabul qilindim. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida Xitoy, Rossiya, Koreya, Isroil, AQSh, Fransiya, Italiya kabi davlatlar bilan o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu fakultetda 2 yil mobaynida o‘qidim. Keyingi ikki yilni Stankin Moskva davlat texnologiya universitetida davom ettiraman va shu yerda o‘qiyapman. Bu hayotimda tub burilishlarga sabab bo‘ldi. Men umuman bu natijalarga erishaman, Moskvada o‘qiyman deb kutmagandim. Ota-onam, qarindoshlarim meni chet elda o‘qishni davom ettitayotganim bilan faxrlanadi. Men esa Samarqand davlat universitetida o‘qiganligim bilan faxrlanaman. Meni va bir qator talabalarni ikkita oliygohda o‘qishimiz uchun sharoit yaratib bergan universitetimiz rektori, professor, Oliy majlis senati a’zosi Rustam Xolmurodovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu yerda o‘qishimiz uchun hamma imkoniyatlar yetarli darajada.
Universitetimizda bo‘layotgan har bir yangilikdan xabardor bo‘lishga harakat qilaman. 21-sentabrda ilk marotaba nishonlanayotgan Samarqand davlat universiteti kunining nishonlanishi biz uchun faxr-iftxor bag‘ishlaydi. Bu bayram nafaqat Samarqand, O‘zbekiston ilm ahli uchun balki xorijdagi o‘zbek ziyolilarining ham bayramidir.
Biz ham ushbu kunda Moskvada universitet kunini nishonlaymiz. Tarixda ilk marotaba nishonlanayotgan Samarqand davlat universiteti kuni barcha yurtdoshlarimga muborak bo‘lsin!
Diyorbek Isomitdinov
Stankin Moskva davlat texnologiya
universiteti talabasi

