Tarixdan ma’lumki, Samarqand davlat universiteti bevosita o‘rta asrlar tarixiga Mirzo Ulug‘bek madrasasiga borib taqaladi. Sharqda uyg‘onish davri madaniyatining beshigi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek madrasasida ta’lim olgan buyuk allomalar nafaqat Sharq, balki Gʻarb uyg‘onish madaniyatiga ham o‘z hissalarini qo‘shishgan. Misol uchun Ali Qushchining Yevropaga borib, ilm-fan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shganligiga tarix guvohdir. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Sharq madaniyati Gʻarb madaniyatining uyg‘unligiga asos bo‘lgan. Biz Ulug‘bek madrasasining davomchisi bo‘lgan Samarqand davlat universiteti talabalari ekanligimizdan faxrlanamiz.

Yana bir narsani aytib o‘tishim joizki, Samarqand davlat universiteti qoshida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlashi natijasida tashkil topgan O‘zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasining tashkil topganligi katta muhim voqealaradan biri bo‘ldi. Men O‘zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasining vakili sifatida aytishim mumkinki, ilk marotaba nishonlanayotgan Samarqand davlat universiteti kuni nafaqat bizning, balki butun O‘zbekiston talabalarining bayramidir.

Abdulvahob Maxammatov,
Samarqand davlat universiteti
filologiya fakulteti talabasi