Prezident granti sohibi Dilbar Abdullayeva: "Samarqandda 21-sentyabr kuni nishonlanayotgan Universitet kunini Prezident grantining ilk qaldirg‘ochi sifatida kutib olayotganimdan faxrlanaman"
O‘zbekistonda qariyb, 140 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, ular orasidan aynan Samarqand davlat universitetini tanladim. Qisqa fursat ichida bu yerda o‘qib, yaratilgan sharoitlarni ko‘rgach, to‘g‘ri qaror qabul qilganimga amin bo‘ldim. Samarqand davlat universiteti tarixiy maskan. Bu oliy o‘quv yurti bundan 600 yil ilgari Mirzo Ulug‘bek madrasasi nomi bilan faoliyat yuritgan. Samarqandda 21-sentyabr kuni nishonlanayotgan Universitet kunini Prezident grantining ilk qaldirg‘ochi sifatida kutib olayotganimdan faxrlanaman. Kelajak hayotimni Samarqand davlat universiteti bilan bog‘lashni maqsad qilganman. Ilk marta nishonlanayotgan Universitet kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman.
Dilbar Abdullayeva,
Samarqand davlat universiteti
Filologiya fakulteti talabasi,
Prezident granti sohibi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

