1 iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan 2017 yil 1 iyun kuni Viloyat xalq ta‘limi boshqarmasiga qarashli 10-son Mehribonlik uyida SamDU biologiya va kimyo fakulteti professor-o‘qituvchilari va 1-kurs talabalari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan «Yoshlarga e’tibor - kelajagimizga e’tibor» mavzusida uchrashuvi o‘tkazildi.

  Uchrashuvda biologiya va kimyo fakulteti dekan muovini dots. Z.N.Normurodov mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrikladi va ularga fakultet jamoasi nomidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etdi.