Har yili 6 iyun kuni butun dunyoda buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludi va xotirasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Shu kunlarda Rus filologiyasi fakultetida ham mazkur sana keng nishonlanmoqda.
  SamDU 4-son TTJda shoir, yozuvchi va dramaturg Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludiga bag‘ishlangan qator she’riyat kechalari o‘tkazildi. Tadbirda A. S. Pushkin asarlarining insoniyat madaniy rivojida tutgan o‘rni haqida ma’ruzalar tinglandi. She’riyat olamiga endi qadam tashlayotgan Samadova Anora, Radjabova Gulnara, Sardor Rizo, Xabibov Parviz kabi ijodkor talaba-yoshlar she’rlaridan namunalar o’qib berdilar.
  Tadbir ishtirokchilari A. S. Pushkin tavalludi munosabati bilan tayyorlangan fakultet talabalari tomonidan yozilgan she’rlardan iborat poetik almanax bilan tanishdilar.