Samarqandda xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi
Samarqandda “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi.
Anjumanda BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YuNESKO, Islom hamkorlik tashkiloti – IHT, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti – AYSESKO, Islom tarixi, san’ati va madaniyatini o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi – IRSIKA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlar olimlari, jahonning yirik ilm-fan va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
manba: uza.uz